WA/W seriyali Zoomlion minorali kranlari eng so‘nggi
bosh qismlarsiz (bezo‘g‘) minorali kran modellaridan
biridir. WA/W seriyali kranlar turli uzunlikdagi
strelalar bilan (30 metrdan tortib hayratlanarli 80
metrgacha) 2,5 metr qadam bilan taqdim etilishi mumkin.
Oddiy transport va montaj hisobiga qurilish
maydonlarida yuqori samaradorlik ta’minlanadi.
Strela va qarshi og‘irlik konsolida tortma
troslarning yo‘qligi sababli yig‘ish oddiy, tezkor
va xavfsiz amalga oshiriladi.
Bosh qismlarsiz minorali kranlarning yuqoridan
aylanuvchi mexanizmlari bir maydonda ishlayotgan
minorali kranlar orasidagi balandlikdagi masofani
kamaytirishga imkon beradi.
Kran strelalarini turli darajalarda joylashtirishni
faqat bitta minorali seksiyasi yordamida amalga
oshirish mumkin.
Qurilish maydoni cheklangan hollarda strela va
qarshi og‘irlik konsoli elementma-element qilib
g‘ildirakdan yig‘ilishi mumkin, bunda avtomobil
kranidan kamroq yuk ko‘tarish qobiliyati talab
etiladi.
Yuqori eskirishga chidamlilik: uzoq xizmat muddati.